Yurgen Klopp: "Shtutgart"ga qarshi uchrashuvda "Yuventus" uchun kuch saqlamaymiz"
Aslanov Jasurbek
19 fev 2015, 15:48
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Shtutgart"ga qarshi Germaniya chempionatining navbatdagi turida jamoa bor kuchi bilan harakat qilishini ta'kidladi.
"Shtutgart"ga qarshi o'yinda kuchli tarkibni maydonga tushiramiz. "Yuventus"ga qarshi bahsdan oldin hech kim dam olmaydi. Muammolarimiz hali ham bor, ammo jamoamiz o'yindan-o'yinga o'zini tiklab boryapti" - deydi murabbiy.