Yurgen Klopp: "Borussiya" - kuchli jamoa"

Narzulla Saydullayev
19 mar 2016
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Yevropa ligasi chorak finalida "Borussiya"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

- "Borussiya" - juda kuchli raqib. Ammo biz ham kuchsiz emasmiz! - deydi Klopp mersisaydliklar rasmiy saytiga. - Qur'adan juda xursandman. Dortmundga o'z jamoam bilan tashrif buyurishdan baxtiyorman. Bu faqat futbolda bo'lishi mumkin. Dortmundni juda yaxshi ko'raman, hayotimning eng baxtli onlari u erda o'tgan. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC