Yupp Xaynkes: “De Bryuyne ayni paytda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi”

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2018, 01:19
“Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes o'z jamoasi safida “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyneni ko'rish istagida ekanligini ma'lum qildi.

Joriy mavsumda belgiyalik xavbek o'zining ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilik mutaxassislarning diqqat e'tiborini qarata oldi. 

“Bir narsani aniq ayta olaman, ayni paytda Kevin De Bryuyne Yevropaning eng yaxshi futbolchisi. Bunday iqtidor egasini o'z jamoamda ko'rishdan bag'oyatda xursand bo'lardim”, - dedi Xaynkes.

Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi joriy mavsum APLda 23ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol kiritdi va 10ta golga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif