Yumtiti: "Messi futbolchilarning qora ro'yxatini tuzmaydi"

Aslanov Jasurbek
10 apr 2017, 13:56
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtitining so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchisi Lionel Messi faqat o'zining vazifalariga e'tibor qaratgan.

Yumtiti bu haqda jurnalistlarning quyidagi savolidan so'ng aytdi: "Siz Messining qora ro'yxatiga tushganingiz uchun ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapsizmi?".

"Messi futbolchilarning qora ro'yxatini tuzadi deb o'ylamayman. Leoni yaxshi bilaman, bunday ro'yxat borligiga ishonmayman. Boshqa narsalar haqida o'ylash uchun unda vaqt yo'q" - deydi Yumtiti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telefoot