

O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 9-turi doirasida "Nasaf-2"ga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani va 2015 yilgi musobaqa reglamentini buzgani uchun (Tartib-intizom kodeksi, 5 modda, 5.3 punkti) "Yozyovon-Lochinlari" klubiga texnik mag'lubiyat yozildi (-:+). "Nasaf-2" klubiga esa, mazkur uchrashuv uchun texnik g'alaba yozildi (+:-) hamda klub hisobiga 3 ochko qo'shildi. Bundan tashqari "Yozyovon-Lochinlari" jarimaga tortildi.



