Yozgi transferlar oynasi 31 dekabrga qadar cho'zilishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 mar 2020, 20:49
FIFA yozgi transferlar oynasi muddatini 31 dekabrga qadar cho'zishi mumkin.

Bu haqda Fransiyaning mashhur nashrlaridan biri bo'lgan "L'Equipe" ma'lumot bermoqda. Koronavirus sababli 30 iyun kuni yakuniga etadigan shartnomalar ham biroz cho'zilishi mumkin. Bu esa transferlar oynasining ochilish kuniga ham o'z ta’sirini o'tkazadi. Bu borada tegishli ishlar olib borilishi uchun koronavirus pandemiyasining rivojlanish darajasini yana biroz vaqt kutish kerak bo'lmoqda.

Butun dunyoda 552 mingga yaqin inson virusdan zararlangan. Ularning 128 mingdan ko'prog'i tuzalib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe