Yozda Gvardiola Sitining 17 futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2017, 12:25
Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiola mavsum tugagach bir qator futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.

Xabarlarga ko'ra shaharliklar 17 nafar futbolchi bilan xayrlashishmoqchi.

Etti nafar futbolchining shartnomasi yakunlanmoqda va ular bilan kelishuv uzaytirilmaydi: Gael Klishi, Yaya Ture, Pablo Sabaleta, Villi Kabalero, Bakari Sanya, Xesus Navas va Tosin Adarabioyo.

Sitiga tegishli va boshqa klublarda ijarada o'ynayotgan besh nafar futbolchi ham klubdan ketishga yaqin. Bular Jo Xart, Eliakim Mangalya, Samir Nasri, Vilfrid Boni va Jezon Denayer.

Bundan tashqari Serxio Aguero, Vensan Kompani, Fernando, Fabian Delf va Kelechi Ixeanachoning ham kelajagi so'roq ostida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk