O'zbekiston U-20 terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum

Alisher
8 may 2023, 10:07
Futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro'yxatini e'lon qildi.


Darvozabonlar - Otabek Boymurodov ("Paxtakor"), Asrorbek Kenjaev ("Neftchi"), Eden Nemanov ("Chig'atoy")

Himoyachilar - Mahmudjon Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor"), Abubakir Ashurov ("Paxtakor"), Izzatillo Po'latov ("Metallurg"), Saidafzalxon Axrorov ("Turon"), Diyorbek Ortiqboev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("ENergetik-BGU")

Yarim himoyachilar - Sherzod Esanov ("Andijon"), Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), Shahzod Rahmatullaev ("Paxtakor"), Nodir Abdurazzoqov (AGMK), Shahzod Akramov ("Nasaf"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin"), Behruz Asqarov ("Paxtakor")

Hujumchilar - Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor"), Rustam Turdimurodov ("Paxtakor"), Shahzod Nematjonov ("Metallurg")


Ma'lumot o'rnida, jamoamiz bugun JCH oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun Madridga (Ispaniya) yo'l oldi. Yig'inning keyingi bosqichi Montevideoda (Urugvay) bo'lib o'tadi. 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif