Yorqin Nazarov "Lokomotiv" bosh murabbiyi, Akmal Shorahmedov esa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 17:22
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqinda "Turon"dan ketgan Yorqin Nazarov Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida ish boshladi. 

9 yanvardan "Lokomotiv" yangi mavsumga hozirlik ko'rishni boshlaydi. Yig'inga kirishishdan oldin asosiy jamoa bilan ishlaydigan murabbiylar shtabi belgilab olindi.

Bosh murabbiy - Yorqin Nazarov

Katta murabbiy - Aleksandr Stoymirovich (Serbiya)

Murabbiy - Marko Bayich (Serbiya)

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy - Akmal Shorahmedov

Darvozabonlar murabbiyi - Alisher Ahmedov

Tahlilchi - Shavkat Imamov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати