Yomon xabar. Otabek Shukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2019, 15:22
Xitoy - O'zbekiston uchrashuvida Otabek Shukurov jarohat olganidan xabaringiz bor.

"Otabek Shukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorlarining xabar qilishicha, Shukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi", - dedi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Ektor Kuper. 

Eslatib o'tamiz, bahsning 38-daqiqasida xitoyliklar futbolchisi Vei Shixao yarim himoyachimiz Otabek Shukurovga ortidan zarba berdi. Futbolchimiz maydonni shifokorlar yordamida tark etdi va almashtirildi. Uning o'rniga Odil Ahmedov maydonga tushirildi. 

Tvittyerda ushbu jarohat borasida shunday fikrlar paydo bo'ldi. 

[instagram]




 [/instagram]


championat.asia sayti Otabek Shukurovga tezroq tuzalib safga qaytishini tilab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia