Yomg'irli dueldan fotomaqola

Tolibjon Qosimov
17 may 2015, 15:12
Kecha oliy liga 9-turida "Paxtakor" hamda "Neftchi" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limida kuchli yomg'ir yog'ishiga qaramay futbolchilar o'yinni oxirigacha harakat qilishdi. Quyida yomg'ir ostida kechgan o'zbek "klassiko"sidan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.


Akbar Ismatullaev kecha markazdagi nazoratni o'z qo'lida ushlab turdi.


Egor Krimec yon hakamga etiroz bildirmoqda.


Farg'onalik muxlislar Cheremisinni 90 daqiqa qo'llab turishdi. Lekin bu, ikkita gol o'tkazib yuborilishining oldini ololmadi.


Oliy ligada hozircha eng kam gol o'tkazib yuborgan darvozabonlar - Aleksandr Lobanov va uzoq planda Evgeniy Cheremisin.


Krimec hisobni ochgach, golni Oraxovac bilan nishonladi, chunki unga pasni aynan Adnan bergan edi.


Adnan Oraxovac va Otabek Haydarov to'p uchun kurashda.


Mansur Saidov jonli devor rolida yomg'irda ivimoqda.


Javohir Rasulov Vladimir Kozakdan to'pni olib qo'ymoqchi.


Bunday sharoitda ko'rishning o'zi muammo, futbolchilar esa to'p tepishdi. #respect


Umumiy planda yomg'ir qay darajada yog'ayotganini bilib olish mumkin.


Uchrashuvga nuqta qo'ygan gol muallifi  - Igor Sergeev.


"Neftchi"ning oliy ligadagi 9 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi.


Oliy ligamizning yaqin o'tmishdagi yulduzlari Anvar Soliev hamda Akmal Xolmatov o'yin uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirishmoqda. Kozak ham qolib kyetmadi.

FOTO: Tolibjon Qosimov

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia