

- "Uchrashuvning dastlabki qismini yaxshi darajada o'tkazdik. Ammo ikkinchi taymda temp tushib ketdi. Tanaffusdan so'ng o'yinni kerakli darajada davom ettirolmadik. Tarkibimizda asosan yoshlar tushgani va ularda barqarorlik yetishmayotganini takidlagan bo'lardim. O'yin taqdiri birinchi bo'limda hal etilgani ham qaysidir manoda ikkinchi taymdagi tempni tushishiga sabab bo'ldi.
O'rtoqlik o'yinlarida tablodagi hisob hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Muhimi bu emas. Fransiyaga qarshi o'yindan tashqari qolgan bahslarda biz noto'g'ri harakatlanayotgandik. Rossiya bilan o'yinda biz ko'proq bo'sh hududlar topishimiz, o'yin dinamikasini baland olish va ko'proq xavfli vaziyatlar sodir etishga harakat qildik.
Shuningdek, men hujum chizig'idagi vakillarimizdan sovuqqonlik bilan o'yin ko'rsatishlarini kutgandim. Fransiya bilan o'yinda bizga vaziyatlarni golga aylantirishda muammolar tug'ilgandi. Rossiya bilan bahsda bu muammoga echim topdik. Samaradorlik eng muhim jihatlardan biri. Xektorning jarohatini jiddiy deb o'ylamayman.
Uch markaziy himoyachi bilan o'ynash? Bugun buni raqibdan kelib chiqqan holda tanladik. Bu degani biz qolgan bahslarda ham ushbu sxemani qo'llashimizni anglatmaydi. Rossiya bilan o'yinda buni qo'llaganimga asosiy sabab, qanot himoyachilarimiz ko'proq teparoq joylashishlarini istagandim. Chunki hujumda ularning ko'magi muhim.
Yoshlarga ko'proq imkoniyat berganimga sabab, ular yaqin kelajakda terma jamoaning o'zagiga aylanishadi. Iqtidorli, kelajagi porloq futbolchilar. Ammo terma jamoaga moslashib, ko'nikib ketishlari uchun ma'lum vaqt talab etiladi. Muhimi, ular barqaror o'yin ko'rsatishlari lozim".



