Yiliga 400 million evro! "Real Madrid" ajoyib kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2022, 23:35
Bu pullarga Xoland va Mbappeni sotib olsa bo'ladi.

Amerikaning har xil ko'ngilochar tadbirlar o'tkazuvchi "Legends" nomli kompaniyasi va "Real Madrid" klubi ajoyib shartnoma imzolashdi. Gap shundaki, "Legends" kompaniyasi "Santyago Bernabeu"da har xil tadbirlar o'tkazish huquqini sotib oldi. Tashkilot "Real"ga har yili 400 mln evro to'laydi. Shartnoma 25 yilga mo'ljallangan. 

Yuqorida nomi tilga olingan kompaniya AQSHda o'z yo'nalishi bo'yicha tengsiz sanaladi. "Santyago Bernabeu"da endi nafaqat futbol o'yinlari, balki har xil koncert dasturlari va shunga o'xshash tadbirlar o'tkaziladi.

"Real" "Bernabeu"ning yig'iladigan chim qoplamasini ko'rsatdi. Stadionda koncertlar, basketbol o'yinlarini o'tkazsa bo'ladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Voz Populi