Yaya Ture Sitidan ketmoqchi, klub unga nisbatan hurmatsizlik qildi

Narzulla Saydullayev
20 may 2014, 08:20
Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Ture klubni tark etmoqchi, bu haqda uning agenti Dmitriy Selyuk aytib o'tdi.
Yaya juda xafa va klubdan ketmoqchi. Bir qator sabablar bor. Hozir u JCHga bor e'tiborini qaratishi kerak. Ammo Siti unga nisbatan hurmatsizlik qildi.

Ular munosabatlar sotib olinmasligini tushunishmaydi. Gap shartnomada emas, gap insoniylik haqida, Siti futbolchini hurmat qilmasligini ko'rsatdi.

Ta'kidlab o'taman: pullarning umuman aloqasi yo'q. Barselonaga qaytish uchun kamroq maoshga ham rozi bo'lardi, – deydi Selyuk.

Selyukning aytishicha yaqinda Dubayga bo'lgan safar davomida Manchester Sitidan hech kim Yaya Tureni tug'ilgan kuni bilan tabriklamagan. 13 may kuni afrikalik futbolchi 31 yoshga to'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru