Yaya Ture "Siti" hamda MYU o'rtasidagi o'yin hakamlarsiz o'tishini istagan bo'lardi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2017, 17:12
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning ko'chirilgan 26-tur uchrashuvida hakamlar xato qilmasligiga umid bog'lamoqda.

Kecha "Manchester Siti" Angliya Kubogi yarim finalida "Arsenal"ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchradi va iuvarlik bahsdagi hakamlikdan qoniqmadi.

"Arsenal" yaxshi o'ynadi va g'alabaga munosib edi, ammo hakamlar xatoga yo'l qo'ydi. Payshanba kuni yaxshiroq hakam ishlashiga umid qilaman yoki o'yinni umuman hakamlarsiz o'tkazish kerak. Ikkinchisini tanlagan bo'lardim" - deydi Ture.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal