Yarmolenkoning agenti Mourinyo bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2016, 18:14
Kievning "Dinamo" klubi hujumchisi Andrey Yarmolenkoning agenti Vadim Shabliy "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan uchrashdi.

Uchrashuv "Manchester Yunayted" hamda "Zarya" o'rtasidagi bahsdan so'ng bo'lib o'tdi. Taxminlarga ko'ra, Mourinyo Andrey Yarmolenko transferi borasidagi vaziyat bilan qiziqib qolgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star