Yaqin soatlar ichida Beyl "Real" futbolchisiga aylanadi

23 avg 2013, 09:47
Yaqin soatlar ichida "Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl "Real" futbolchisiga aylanadi, deya xabar bermoqda ispan matbuoti.
Ispan matbuotiga ko'ra, madridliklar ingliz klubi bilan Beyl borasida kelishuvga nihoyat erisha olishgan. Futbolchi uchun "Real" 99 million evro to'laydi.

"Real" rahbariyati Beyl borasida Raulning xayrlashuv uchrashui o'tmasidan oldin rasmiy taklif bilan chiqishni istamagandi. Uchrashuv o'tganch, bu ish amalga oshirildi va kelishuvga erishildi.

Manba: championat.com