Yangilangan Paxtakorning ilk goli muallifi vafot etdi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2017, 13:01
Spartak va Paxtakor klublari sobiq futbolchisi Valeriy Glushakov 58 yoshida vafot etdi.

Glushakov 1979 yilda aviahalokatdan so'ng Toshkentning Paxtakor klubiga ko'chib o'tgandi. Yangilangan Paxtakor ilk uchrashuvni Erevanda Araratga qarshi o'tkazgandi. O'sha bahsda Paxtakor safida Glushakov gol urgandi.

Faoliyati davomida Glushakov Krasnaya Presnya (Moskva), Paxtakor (O'zbekiston), SKA (Rostov-na-Donu), Kotayk (Armaniston), Kuusyusi (Finlyandiya) va Munayshi (Qozog'iston) klublarida o'ynagan. 1979 yilda Glushakov Spartak safida Sobiq Ittifoq chempion bo'lgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia