Yangi Zelandiya - O'zbekiston uchrashuvi hakamlari aniq!

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2013, 15:54
Turkiyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati ertaga start oladi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa 1-turni 23 iyun (yakshanba) kuni Bursa shahrida Yangi Zelandiya yoshlariga qarshi o'tkazadi. Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadigan o'yinni boshqarib boradigan hakamlar aniqlandi.

Uchrashuvni paragvaylik Antonio Arias boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Rodney Akino va Karlos Kasereslar yordam berib borishadi. Zaxira hakami sifatida gambiyalik Bakari Gassama tayinlandi.

Antonio Arias 1972 yil tug'ilgan. FIFA hakami sifatida 2005 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Arias 2011 yil Kolumbiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 5ta o'yinda ishlagan. Ular orasida Meksika va Fraciya o'rtasidagi 3-o'rin uchun bahs ham bor.

Yangi Zelandiya (U20) - O'zbekiston (U20)
23 iyun. Bursa. "Otaturk" stadioni. 19:00
Hakam:
Arias Antonio (Paragvay)
Assistent 1: Akino Rodney (Paragvay)
Assistent 2: Kaseres Karlos (Paragvay)
Zaxira hakami: Gassama Bakari (Gambiya)
 
Urugvay (U20) - Xorvatiya (U20)
23 iyun. Bursa. "Otaturk" stadioni. 22:00
Hakam:
Alium Neant (Kamerun)
Assistent 1: Menkouande Evarist (Kamerun)
Assistent 2: Edibi Piter (Kamerun)
Zaxira hakami: Fag'oni Alirizo (Eron) 

Narzulla SaydullayevMuallif