Yangi so'rovnoma! 2-turning markaziy o'yini qaysi?

Narzulla Saydullayev
22 mar 2014, 10:22
Ertaga oliy liganing 2-turidan o'rin olgan o'yinlar start oladi.
Birgina “Lokomotiv” – “Nasaf” bahsini hisobga olmaganda, qolgan oltita o'yin ertaga o'tkaziladi. “Temiryo'lchilar” ishtirokidagi bahs esa dushanba kunga ko'chirilgan.

Xo'sh, sizningcha, bu turning markaziy o'yini qaysi? Qaysi bellashuv boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapsiz? Marhamat, yangi so'rovnomada ishtirok eting va o'zingizga maqul kelgan variantni tanlang. So'rovnoma saytimizning o'ng tomonidagi “Kun mavzusi” rukni tagida joylashgan.

Yangi so'rovnoma: 2-turning markaziy o'yini qaysi?

1-variant: “Neftchi” – “Paxtakor”
2-variant: “Lokomotiv” – “Nasaf”
3-variant: “Buxoro” – “Navbahor”

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia