

Avvalroq klub Zidan bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar bergandik.
Endi o'sha yangi kelishuv bo'yicha murabbiy qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi. Zidanning maoshi deyarli ikki barobar oshgan – 4,35 million evrodan 8 millionga. Bu summaning bir qismi bonuslar ko'rinishida to'lab beriladi.
Eslatib o'tamiz, Zidan qo'l ostida "Real" Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor ketma-ket ikki bor zafar quchdi, yana ikki bor UEFA Superkubogida, Ispaniya chempionatida va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lishdi.



