Yang - Reshford haqida: "Bu yigitchaning oyog'ida butun dunyo mujassam"

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019, 13:13
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang jamoadoshi Markus Reshfordning o'yinini maqtadi.

"Markus - aqlbovar qilmas iqtidor. U yoshlar jamoasida o'ynab yurgan vaqtlarida ham men bu gapni aytganman. Uning oyoqlarida butun dunyo mujassam. Markus sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylana oladi. Markus balansni ushlay olmoqda. Shu boisdan ko'plab gollar urishni uddalayapti", - dedi Yang.

"Manchester Yunayted" APL doirasida ketma-ket 6 g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC