Yana uch futbolchi Germaniya termasiga chaqirildi

Mirjalol Normatov
9 noya 2021, 23:32
Germaniya termasida koronavirus borasida muammolar bo'lmoqda.

Germaniya futbol uyushmasi rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Volfsburg"ning ikki yarim himoyachisi Maksimilian Arnold va Bote Baku, shuningdek, "Monako" forvardi Kevin Folland milliy termaga chaqirilgan.

Aytilishicha, Niklas Zyule, shuningdek, Florian Virc hamda Niko Shlotterbek terma ixtiyorini tark etgan.

Bundestim 11 noyabr kuni Lixtenshteyn hamda 14 noyabr kuni Armaniston termasiga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild