Yana jarohat. MYUning asosiy tarkib futbolchisi kechagi uchrashuvda jarohat oldi

Khoja
25 avg 2024, 08:52
"Manchester Yunayted"ning asosiy tarkib futbolchisi Meyson Maunt "Brayton"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Futbolchi kechagi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo'lim avvalida zaxiraga olindi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag ma'lum qildi. Futbolchi yaqin kunlar ichida to'liq tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng MYU yarim himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, kechagi uchrashuvda MYU 90+5 daqiqada o'tkazib yuborilgan goldan so'ng mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru