

- Har bir mag'lubiyat bu yoqimsiz holat. Ayniqsa Yevropa chempionatidagi mag'lubiyatlar ikki hissa dilni xira qiladi. Uels yaxshi shakllangan, o'yinni tashkil qilishda kuchli jihatlarga ega jamoa. Gol o'tkazib yuborilgach to'p nazorati ham yo'qotildi. Tanaffusdan so'ng yana o'zimizga keldik va muvozanatni tiklagandik. Ikkala jamoa ham g'alaba qozonishni juda istadi. Ochiq futbol namoyish etildi. Bugun Uelsga omad ham kulib boqdi va yakunda g'alabani ilib ketishdi.



