Yamal "Barselona"ning eng iqtidorli ikki futbolchisini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2025, 19:33
"Barselona" forvardi Lamin Yamal Kataloniya klubida kim eng iqtidorli ekani haqida gapirdi.

Hujumchi ikki kishini ajratib oldi. Yamal o'z nomini aytdi, shuningdek, Pedrini ham ta'kidladi.

Yamal ijtimoiy tarmoqda obunachilardan birining "Jamoadagi eng iqtidorli futbolchi?" degan savoliga izoh yozdi. - Men va Pedri, - deb yozdi Lamin.

Yamal joriy mavsum 13 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Pedrining hisobida 5 ta gol bor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: instagram.com/lamineyamal