XXI asrda eng ko'p pokerga erishgan futbolchilar ro'yxatida Ronaldu ikkinchi, Messi esa 4-o'rinda. Yetakchi kim?

Eldor Akmurzayev
19 fev 2023, 09:35
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 21 asrda eng ko'p poker qayd etgan futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi.

Unda o'yinchilarning milliy liga (NL), kubok (NC), klublar o'rtasidagi xalqaro musobaqalar (ICC) hamda terma jamoadagi (NT) natijalari inobatga olindi.

Reytingda yetakchi sifatida 18 ta poker bilan Maldiv orollari vakili Ali Ashfaq qayd etildi. Undan keyin o'rinlardan Krishtianu Ronaldu (11) va Luis Suares (9) bormoqda.

*Mark Lloyd Uilyams hamda Maksim Gruznov top-12'dagilar orasida XX asrda ham pokerga erishishgan va ularning bu natijasi qo'shimcha (+) qilingan.

Ronaldu XXI asrda pokerga erishgan yoshi eng katta futbolchilar o'nligiga kirdi. Top-25'da “Paxtakor” hujumchisi ham bor

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS