⚡️ Ronaldu XXI asrda pokerga erishgan yoshi eng katta futbolchilar o'nligiga kirdi. Top-25'da “Paxtakor” hujumchisi ham bor

Eldor Akmurzayev
13 fev 2023, 08:20
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi joriy asrda bir o'yinda to'rtta gol urgan yoshi eng katta futbolchilarning top-25 ro'yxatini taqdim etdi.

Unda dastlabki ikki o'rinni boliviyalik Pablo Eskobar egallangan. Ikkala natija ham 2018 yil qayd etilgan. U rekordni “Strongest” safida “Bluming”ga qarshi (8:0) bahsda qayd etgan – 39 yosh-u, 299 kunlik. Ikkinchi natijasini esa “Sport Boyz Varnes” bilan uchrashuvda ko'rsatgan – 39 yosh-u, 288 kunlik.

Yaqinda “Al Vahda”ga qarshi uchrashuvda (4:0) pokerga erishgan Krishtianu Ronaldu 7-pog'onada qayd etilgan.

Bundan tashqari, top-25'da “Paxtakor” hujumchisi Dragan Cheran ham bor. U Superliga o'tgan mavsumidagi “Qizilqum”ga qarshi bahsda raqib darvozaboni 4 bor ranjitgandi. Serbiyalik o'shanda 35 yosh-u, 32 kunlik bo'lgan. Cheran 22-pog'onadan joy oldi.

Kuchli o'nlik esa quyidagicha:

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS