Xvicha "Napoli" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
6 apr 2022, 10:58
Yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliya Italiyaning "Napoli" klubiga ko'chib o'tishga yaqin.

Insayder Nikolo Shiraning takidlashicha, gruziyalik futbolchining transfer masalasi hal bo'lish arafasida. Shartnoma 2027 yilga qadar mo'ljallangan va yillik maosh 1,1 mln evroni tashkil etadi.

Avvalroq Kvaratsxeliya Rossiyaning "Rubin" jamoasi bilan shartnomani bekor qilib, Batumining "Dinamo"si safiga borib qo'shilgandi.




O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru