Xvicha "Barselona"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 noya 2024
"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya neapolliklar jamoasini tark etishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Barselona" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "ko'k-anorranglilar" vakillari allaqachon 23 yoshli futbolchi bilan bog'lanib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishgan.

Kvaratsxeliya joriy mavsum barcha turnirlarda 12 o'yinda qatnashib, 5 ta gol va 2 ta golli pas uzatdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 80 mln evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport