Xumoyunmirzo Iminov “Andijon” bilan kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2025, 00:10
Humoyunmirzo Iminov "Andijon" bilan kelishuvga erishdi.

"Xorazm" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Humoyunmirzo Iminov bilan shartnoma imzolanganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

2000 yilning 15 yanvarida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tavallud topgan futbolchi “Paxtakor”, “Energetik-BGU” (Belarus),”Buxoro”, “Dinamo” va “Xorazm” safida to'p surdi.

Faoliyatida hozirgacha jami 130 ta o'yin, 6 gol va 5 ta assist mavjud. 

Iminov “Paxtakor” safida O'zbekiston chempioni, Kubok sohibi va Superkubokni qo'lga kiritgan.

Umid qilamizki, Iminov “Andijon”da ham sovrinlar qo'lga kiritilishida munosib hissasini qo'shadi.

Humoyunmirzo, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deb yoziladi klubu bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати