Xulian Alvares "Arsenal" bilan o'yin oldidan: "Atletiko" istalgan jamoani mag'lub eta oladi"

Aslanov Jasurbek
21 okt 2025, 00:45
Xulian Alvaresning fikricha, "Atletiko" istalgan raqib bilan kurasha oladi.

Ertaga madridliklar Chempionlar Ligasi guruh bosqichida mehmon sifatida "Arsenal" bilan to'qnash keladi.

"Biz istalgan jamoani mag'lub eta olishimizga ishonaman. Bizda ajoyib tarkib bor.

"Atletiko" o'yindan-o'yinga kuchayib boryapti va istalgan raqib bilan raqobat qila olamiz", – dedi "Atletiko" hujumchisi matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Atletiсo Universe