Xulen Lopetegi La ligada qanday chempion bo'lish mumkinligini aytdi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2018, 08:01
Real bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Xetafega qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Yaxshi jamoaga qarshi o'yinda tashabbusga ega bo'ldik va ikkita gol urdik,  raqib deyarli hech qanday vaziyat yarata olmadi.

Biz yaxshi hujum qila oladigan va yaxshi himoyalana oladigan jamoa bo'lishimiz kerak. Faqat shunday qilib La Ligada chempion bo'lish mumkin.

Biz Navasni yaxshi ko'ramiz, bizga Kurtua va qolgan darvozabonlar yoqadi. Bugun Navasni tushurishga qaror qildik, ammo bizda teng kuchli darvozabonlar bor, – deydi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net