Xulen Lopetegi Ispaniyaning Germaniya va Argentinaga qarshi kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi

17 mar 2018, 08:45
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi nemislar va argentinaliklarga qarshi o'tadigan o'rtoqlik bahslariga boradigan tarkibni e'lon qildi.

Mazkur o'yinlar 23 va 27 mart kunlari bo'lib o'tadi. “Chelsi” a'zosi Markos Alonso, “Valensiya” hujumchisi Rodrigo va “Valensiya” sardori Dani Parexo ilk marotaba termaga jalb etildi.

Darvozabonlar: De Xea (“Manchester Yunayted”), Reyna (“Napoli”), Kepa (“Atletik”);

Himoyachilar: 
Alba, Pike (ikkisi ham – “Barselona”), Nacho, Karvaxal, Ramos (barchasi – “Real”), Markos Alonso, Aspilikueta (ikkisi ham – “Chelsi”), Odriosola (“Real Sosedad”);

Yarim himoyachilar: Isko, Asensio (ikkisi ham – “Real”), Inesta (“Barselona”), Tyago Alkantara (“Bavariya”), David Silva (“Manchester Siti”), Parexo (“Valensiya”), Saul, Koke (ikkisi ham – “Atletiko”), Rodri (“Vilyarreal”);

Hujumchilar: Aspas (“Selta”), Rodrigo (“Valensiya”), Diego Kosta (“Atletiko”), Vaskes (“Real”).

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD.ru