Xudoberdi Xoliqov: "Chigirtka bir sakradi, ikki sakradi, uchinchisida qo'lga tushdi!"

Aziz Tukhtamuradov
23 okt 2017, 12:12
"Istiqlol" futbolchisi Xudoberdi Xoliqov "Xotira"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ochig'i uchrashuv bu tarzda o'tadi deb o'ylamagan edik. Ular bunday o'yin bilan 15-pog'onada borishayotganiga hayronman. Balkim biz uchun o'yin uslubi noqulayligi uchun shunday ko'ringandur.

Uchrashuv juda ham keskin tarzda o'tdi. Birinchi bo'limda birinchi qadamni tashladik. Lekin bu urilgan gol biz uchun, birinchi bo'limda minimum taym bo'lib xizmat qildi. Ikkinchi qadamni esa Xotira-79 jamoasi tashladi. Xisob tenglashganidan keyin bizga juda qattiq bosim bo'ldi. Parallel ravishda o'tgan Lokomotiv-BFK - Andijon uchrashuvida o'yin vaqtida qayd etilayotgan natija bizni g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimizni yanada oshirdi. Va nixoyat uchinchi qadamni biz tashladik. E'tiborga molik jihati, xar ikki golni jamoaviy tarzda urdik. Chigirtka bir sakradi, ikki sakradi, uchinchisida qo'lga tushdi!

Yigitlarga va Farg'onadan tashrif buyurgan tarixiy muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Qolgan uch bahsni yutish bizning vazifamiz. Bu ishni albatta uddalaymiz.


Muxammad Farzod suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia