Xotira turniri. "Bunyodkor" g'olib!

Narzulla Saydullayev
23 noya 2014, 09:22
Poytaxtimizda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Zokir Qurbonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir o'z yakuniga etdi.
O'FF hamda "Paxtakor" futbol klubi hamkorligida o'tkazilgan ushbu musobaqada 2002 yil tug'ilgan futbolchilar ishtirok etdi.

Finalda "Paxtakor" va "Bunyodkor" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. O'FF sun'iy maydonida bo'lib o'tgan bahsda yosh "qaldirg'ochlar" 4:2 hisobida zafar quchib musobaqada g'olib bo'lishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia