

Uychiliklar ushbu lavozimga Nozim Mullaoxunovni olib kelishga qaror qildi. Andijonlik murabbiyning bungacha UzDongJu va Andijon yoshlar jamoasini boshqarganini muxlislar yaxshi biladi. Endilikda 45 yoshli mutaxassis Xotira-79 jamoasini yangi mavsumga tayyorlamoqda. Yangi bosh murabbiy jamoaga keliboq, eng avvalo selekciya ishlariga e'tibor qaratishni lozim topdi. Negaki, yaqindagina yangitdan tuzilgan jamoada ko'plab futbolchilar bor. Ulardan yangi bosh murabbiy tabiiyki talabga javob beradiganini olib qoladi. Hozircha Xotira-79ga Andijondan Baxtiyor Qosimov va Jahongir Mahsudov kelib qo'shilgani haqida ma'lumot bor.
Eslatib o'tamiz, uychiliklar chempionatning ilk turini safarda Yozyovon-Lochinlariga qarshi o'tkazadi.




