

Yaxshi o'yin namoyish etdik. Ayniqsa oxirgi 10-15 daqiqadagi harakatlarimiz maqul keldi. Ko'proq gol urganimizdan xursandman. Jezusning jarohati og'ir emasligiga umid qilaman.
Chelsi bilan farq hamon juda katta. Biz shunchaki keyingi o'yinga tayyorlanamiz.
Aguero yaxshi o'ynadi. U kurashdi va gol urdi. Serxio biz uchun muhim futbolchi, – deydi Gvardiola.
Manchester Siti 25ta turdan so'ng Chelsidan 8 ochkoga ortda qolmoqda.




