Xosep Gvardiola: "Borussiya M" jamoasida iroda kuchli"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2016, 19:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Myunxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"So'nggi yillarda "Barselona" yoki "Real" g'olib chiqmoqda. Yaqin orada biz ham ushbu darajaga chiqib olishimiz uchun ko'p ishlashim lozim. "Barsa"ga qarshi o'tgan o'yinimizdan mamnunman. "Borussiya" kuchli xarakterga ega jamoa.

Kompanining tizzasida jarohati bor. Katta ehtimol bilan uning sog'ayib ketishi uchun bir necha hafta kerak bo'ladi. U Ispaniyada davolanadi. Bu unga tezroq sog'ayib ketishida yordam beradi", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com