Xosep Gvardiola: Bavariyaga vaqt kerak

Narzulla Saydullayev
14 avg 2014
Bavariya ustozi Xosep Gvardiola Germaniya Superkubogi uchun Borussiyaga qarshi o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
– Yurgen Kloppni va uning jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Dastlabki 15 daqiqada yaxshi o'ynadik, keyin muammolar boshlandi. Ikkinchi bo'limda juda ham himoyaviy o'yin ko'rsatdik, bizga hali vaqt kerak, – deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv vaqtida myunxenliklar yarim himoyachisi Xavi Martines jarohot olib maydonni tark etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru