Xose Venansio Lopes: "Kosta-Rikaga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng"

Administrator
17 sen 2024, 23:03
Futzal bo'yicha Jahon chempionati ikkinchi turida Paragvayga imkoniyatni boy bergan O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Mag'lubiyatning asosiy sababi nima bo'ldi?

– Chunki Paragvay bugun bizdan yaxshiroq o'ynadi. Ular o'yinni nazorat qilishdi, vaziyatlarni golga aylantirishdi. Sabab shunda.

– Muxlislar sizdan ko'p narsa kutishgandi, biroq ma'lum sabablarga ko'ra natijalar u qadar yaxshi bo'lmayapti...

– Biz bor kuchimizni ishga solmoqdamiz. Bugun ham g'alaba uchun borimizni berdik. O'yin oxiriga qadar harakat qildik. Bizda gol urish uchun etarli vaziyatlar bor edi, ammo vaziyatlarni yakunlay olmadik. 

– Guruh bosqichidagi uchinchi o'yin biz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

– Kosta-Rikaga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng. Faqat g'alaba qozonishimiz kerak.

– Bugun standart vaziyatlardan foydalanishda muammolar yuzaga keldi...

– Biz gol urishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Standart vaziyatlar bo'yicha mashg'ulotlarda ishlaganmiz, ammo o'yinda gol urishni imkoni bo'lmadi. Vaziyatlarni yakunlashda muammolarga duch keldik. Yakuniy nuqtani qo'yishda oqsadik. 

– Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz qanday deb hisoblaysiz?

– Faqat g'alaba qozonimiz kerak. Yagona yo'li g'alaba qozonish.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia