Xose Valladares Biz bilan o'yinda O'zbekiston favorit

Narzulla Saydullayev
27 okt 2013, 16:55
27 oktyabr kuni Sharjada O'zbekiston va Gonduras o'smirlar terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
O'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etgan Gonduras o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Valladares nimchorak final uchrashuvida O'zbekistonni favorit deb atadi. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda O'zbekiston favorit. O'zbekistonga hali jahon chempionatida mag'lubiyatga uchramagan, - deydi Valladares.

Raqibimiz kuchli jamoa. Ular guruhdan 7 ochko bilan chiqishdi. Biz guruhda Braziliyaga mag'lub bo'ldik. Nimchorak final yaxshi natija, ammo chorak final undan ham yaxshiroq, - deydi Gonduras o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Nimchorak final yaxshi natija. Ammo, o'rtada chorak final yo'llanmasi turganda, nima uchun ushbu imkoniyatdan foydalanmasligimiz kerak?, - deydi Valladares.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Gonduras terma jamoasining 9 raqamli hujumchisi Albert Elis O'zbekistonni kuchli jamoa ekanligini, ammo ertangi o'yinda jamoa faqat g'alaba uchun maydonga tushishini ta'kidladi.

Biz raqibimizni o'rganib chiqdik. O'zbekiston kuchli jamoa. Ammo, ertangi o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, - deydi Gonduras o'smirlar terma jamoasi hujumchisi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com