Xorxe Valdano: "Alonso bilan bog'liq vaziyat birinchi kundan beri barqaror tuyulmayotgan edi"

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2026, 01:11
Xorxe Valdanoning fikricha, "Real" Xabi Alonsoni etarlicha qo'llab-quvvatlamagan.

"Real"ning sobiq hujumchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Xabi Alonsoning madridliklar lagerini tark etganiga munosabat bildirdi. Bugun Madrid klubi bosh murabbiy bilan shartnoma ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilinganini e'lon qildi. Jamoa boshqaruvini Alvaro Arbeloa o'z qo'liga oldi.


"Xabi Alonso bilan bog'liq vaziyat menga birinchi kundanoq barqaror tuyulmagandi. Men uning klub tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini his qilmadim. Ayniqsa, Rojdestvo bayramida Florentino Peres o'z nutqida Xabining nomini tilga olmaganida vaziyat ancha nozik ekanligi ko'rinib qolgandi.

Jamoada jarohatlanganlar juda ko'p edi, tarkibda asosiy figura yetishmayotgandi. Bazan birgina futbolchi butun tizimni muvozanatga solib yuborishi mumkin, ammo hozirgi "Real"da bunday o'yinchi yo'q.

Xabi turlicha yondashuvlarni sinab ko'rdi, uni harakat qilmadi deb aytolmaymiz. U eng yuqori darajadagi mukammal natijalar bilan kelgan bo'lsa-da, Madridda ko'plab jarohatlar bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch keldi. Aynan shu omil uning "Real"dagi davriga o'z ta’sirini o'tkazdi", - dedi Valdano Movistar efirida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca