Xorvatiya futbol ittifoqi JCH-98 qahramonlarini finalga taklif etdi

13 iyul 2018, 07:32
Xorvatiya futbol ittifoqi 20 yil oldin Xorvatiya termasi bilan bronza medallarini qo'lga kiritgan barcha sobiq futbolchilarni JCH-2018 final uchrashuvi- Fransiya-Xorvatiya bellashuviga taklif etdi.

Final bellashuvi 15 iyul kuni “Lujniki” stadionida bo'lib o'tadi.

JCH-1998 musobaqasida Fransiya terma jamoasi yarim finalda Xorvatiyani (2:1) mag'lub etib, yakunda g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan edi. Xorvatiya esa 3-o'rin uchun kechgan bahsda Golllandiyani taslim etgan edi.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya termasi JCH-2018 turnirining D guruhida ishtirok etib, guruhda 9 ochkoni qo'lga kiritdi. Ular 1/8 finalda Daniya (1:1, penaltilar seriyasida 3:2), keyingi bosqichda Rossiya (2:2, penaltilar seriyasi 4:3), yarim finalda Angliya (1:1, qo'shimcha vaqtda 2:1) mag'lub etishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Хорватия ФИ твиттери