“Xorazm” - “Neftchi” uchrashuvi test imtihonlari sabab 29 avgust kuniga ko'chirildi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2021, 13:40
Pro liga 14-turidan o'rin olgan “Xorazm” - “Neftchi” uchrashuvi 29 avgust - yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Reja bo'yicha mazkur bellashuv 5 avgustda o'tishi kerak edi. Biroq davlat test imtihonlari “Xorazm” klubining uy arenasida ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, mezbonlar uchrashuvni 2 avgustga ko'chirish taklifi bilan chiqdi. Biroq bu tanaffusdan keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rayotgan “Neftchi” klubi rejalariga o'zgartirish kiritishni taqazo etadi. Shundan kelib chiqib, Farg'ona tomoni uchrashuvni 5 avgust kuni “Istiqlol” stadionida o'tkazish taklifi bilan chiqdi.

O'zPFL har ikki tomon taklifini o'rganib chiqib, uchrashuvni 29 avgust sanasiga tayin qildi. Shu tariqa Pro liganing tanaffusdan keyingi 14-turida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi. 4 avgust kuni “Yangier” o'z maydonida “Olimpik”ni qabul qiladi. 5 avgust sanasida esa “Dinamo” klubi G'uzorda “Sho'rtan” mehmoni bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz