Xolandning yangi shartnomasida ikkita klubga ketishi mumkinligi haqidagi band bor

Khoja
18 yanv 2025, 10:43
Erling Xoland Manchester Siti bilan 2034 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

 Yangi shartnomaga ko'ra, Real Madrid va PSJ klublaridan yaxshi taklif tushsa, Xolandni qo'yib yuborish kerakligi haqidagi band kiritilgan.

Avvalroq, Xoland yangi shartnoma bo'yicha haftasiga 500 ming evro olishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Xoland 2022 yildan beri shaharliklar safida harakat qilmoqda. U Man Siti safida 126 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 111 ta gol va 15 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com