Xolandning otasi o'g'lining “Real Madrid”ga o'tishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi

Khoja
16 yanv 2024, 10:37
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'li qachonlardir Madridga ko'chib o'tishi mumkinligini tan oldi.

“Erling “Real Madrid”da o'ynashi mumkinmi? Albatta, ha! U dunyoning istalgan jamoasida o'ynashi mumkin”,-deb javob bergan Alf-Inge Xoland.

Eslatib o'tamiz, Xoland o'tgan mavsum “Manchester Siti” bilan barcha turnirlarda g'alaba qozonishga erishdi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 19 ta gol urishga erishdi.

Avvalroq, hujumchi “Barselona” bilan kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com