Xoland va "Man Siti" 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi

Alisher
13 iyun 2022, 14:20
"Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi Erling Xolandning transferini yakunladi.

21 yoshli Norvegiya terma jamoasi forvardi Manchester klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, "Siti" 10 mayda "Borussiya" bilan o'yinchining transferi borasida kelishuvga erishganini e'lon qilgandi. "Shaharliklar" 75 mln evrolik tovon pulini to'lashadi, Erling Angliyada haftasiga bonuslar bilan birga 350 ming funt maosh oladi.

"Manchester Siti" Xoland uchun maoshlar bilan birga umumiy 250 mln evro sarflaydi. Agent komissiyasi – 50 mln evro.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com