Xoland "Man Siti" asosiy tarkibida APLdagi 50ta o'yinda 51ta gol urdi. Hech kim undan ko'p urmagan

Alisher
11 fev 2024, 13:53
Erling Xoland APLda "Man Siti" asosiy tarkibida 50ta o'yinda 51ta gol urdi.

Hujumchi kecha "Manchester Siti" va "Everton" (2:0) jamoalari o'rtasidagi APL 24-tur o'yinida dubl qayd etdi.

Bu uning Angliya chempionatida asosiy tarkibda tushgandagi 50-o'yindagi 50 va 51-gollari bo'ldi. Hech bir o'yinchi shunday holatda APLda undan ko'p gol urmagan.

Xoland joriy mavsum APLda 18ta o'yinda 16ta gol urgan holda to'purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: OptaJoe