Xoland APLda eng tez 50 ochko to'plagan futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2023, 21:17
Erling Xoland deyarli 1,5 mavsum davomida APLda 50ta golda muallif yoki assistent bo'ldi.

"Manchester Siti" hujumchisi "Fulxem"ga qarshi baxsda (5:1) xet-trik qayd etib, 1ta golli pas berdi.

Endi uning hisobida 42ta gol va 9ta assist mavjud. U gol+pas tizimida 50 ochko yig'ishi uchun 39ta o'yin kerak bo'ldi - bu APL tarixidagi eng yaxshi natija. Avvalgi rekord 43ta bahsda 50 ochko to'plagan Endi Koulga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports